Shotlandiyaning “Reynjers” futbol klubi avtobusining halokatga uchrashi oqibatida jabrlangan 19 kishidan 1 nafari olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“39 yoshli erkak jiddiy avtohalokatdan so‘ng halok bo‘lganini tasdiqlaymiz. Bundan tashqari, 18 kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda”, — deyiladi Shotlandiya politsiyasining bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, “Reynjers” futbol klubi muxlislarining avtobusi 1-oktabr kuni Shotlandiya janubidagi Sharqiy Eyrshir hududida halokatga uchradi. Avtobus ichida haydovchi bilan birga 37 kishi bo‘lgan.
Izoh (0)