Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Krishtianu Ispaniyaning to‘rtinchi divizioni ishtirokchisi — “Posuelo-de-Alarkon” klubining bolalar jamoasi tarkibida o‘tkazgan birinchi o‘yinida gol muallifiga aylandi. Bu haqda, AS nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
6 yoshli futbolchi birinchi taymda to‘p kiritib, uni otasining uslubida nishonladi. Portugaliyalik yulduzning o‘zi o‘yinga tashrif buyurgan bo‘lib, darvoza ortida mashq qilib turdi.
Ronaldu 2010-yilning 17-iyun kuni ota bo‘lgan edi. Matbuotda Kichik Krishtianu surrogat onadan tug‘ilgani aytilgan edi.
Izoh (0)