Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyalik 200 nafar harbiy xizmatchi mamlakatning xorijdagi ilk harbiy bazasida xizmat o‘tay boshlaydi. Baza Somalida, ushbu mamlakat hukumati bilan tuzilgan hamkorlik kelishuvi doirasida ochiladi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EnSonHaber

Foto: EnSonHaber

BMT tomonidan ma’qullangan hujjat doirasida tuzilgan bazada 10,5 ming nafar somalilik harbiylar tayyorgarlik o‘taydi. Turkiyalik harbiy xizmatchilar instruktorlar vazifasini o‘taydi. Baza xavfsizligini ta’minlash maqsadida baza uchun qo‘shimcha kontingent ajratiladi.

Turkiyaning xorijdagi keyingi harbiy bazasi Qatarda tashkil etiladi. Bu boradagi kelishuv ikki davlat o‘rtasida 2014-yilda imzolangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi