Germaniyaning Boxum shahridagi universitet klinikasida 30-sentabr, juma kuniga o‘tar kechasi kuchli yong‘in yuz berdi. Hozirgi paytda ikki kishining halok bo‘lganligi va 15 kishi jabrlanganligi ma’lum. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, voqea joyida vahima yuzaga kelgan. Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, binoning bir necha qavati evakuatsiya qilingan.
Voqea joyida maxsus xizmatning 200 dan ortiq xodimi ishlamoqda. Olov bilan kurashish uchun butun Rur viloyatining o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati bo‘linmalari jalb etilgan.
Bir necha bemor bedarak yo‘qolgani qayd etilgan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)