Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiyada 2018-yildan boshlab umumiy harbiy majburiyat, xususan, qizlar uchun ham qayta joriy etiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Peter Xultkvist 28-sentabr, chorshanba kuni ma’lum qildi, deb yozadi  “Interfaks”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Biz shaxsiy tarkibni to‘ldirishning yanada barqaror, ishonchli va funksional usuliga yo‘l topa olishimizga umid qilaman”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Oxirgi ikki yuz yillik ichida birorta ham qurolli mojaro yuz bermagan Shvetsiyada 2010-yili harbiy xizmatga chaqiruv bekor qilingan edi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, yangi islohot 1999-yildan keyin tug‘ilgan shvedlarga taalluqli bo‘ladi.

Har yili har 4 mingga yaqin o‘g‘il va qiz Shvetsiya armiyasiga chaqirilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi