Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida 6—8-oktabr kunlari dzyudo bo‘yicha to‘rtinchi Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mazkur musobaqada 15 mamlakatdan 143 sportchi ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini barcha vazn toifalarida 4 nafardan jami 56 dzyudochi (28 erkak va 28 ayol) himoya qiladi.
Gran-pri turniri 14 ta (erkaklar: -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg; ayollar: -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, -78 kg, +78 kg) vazn toifasida o‘tkaziladi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:
- Birinchi o‘rin — oltin medal va 3 000 dollar (dzyudochi – 2 400, murabbiy – 600);
- Ikkinchi o‘rin — kumush medal va 2 000 dollar (dzyudochi – 1 600, murabbiy – 400);
- Ikkita uchinchi o‘rin — bronza medali va 1 000 dollar (dzyudochi – 800, murabbiy – 200)
Izoh (0)