Rossiyaning Stariy Oskol shahrida meriya “OskolPasTrans” korxonasi bilan shartnomani bekor qilgani tufayli namoyishga chiqqan haydovchilar o‘z avtobuslari yordamida mamlakat prezidenti Vladimir Putinga murojaat yo‘lladi. 45 ta transport vositasi yordamida aks ettirilgan yozuv dron orqali havodan tasvirga tushirildi, deb xabar beradi TJournal.
Haydovchilar ko‘tarib chiqqan plakatlarda “Mulkimizni qaytaring”, “Gubernator, bizni eshit”, “Tekshiruvlar soni ko‘payib ketdi” singari shiorlar aks etgan edi. Video muallifining so‘zlariga qaraganda, mintaqa rahbariyati kompaniyani transport xizmatlari bozoridan siqib chiqargani bunday norozilikka sabab bo‘lgan.
Haydovchilar kelishgan holda o‘zlariga tegishli avtobus va yo‘nalishli taksi mashinalarini tizib, ularning yordamida “Putin, pomogi” (“Putin, yordam ber”) so‘zlarini yasadi.
Izoh (0)