O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Anzur Ismoilov Xitoy Super Ligasining 26-turiga kelib raqib darvozasiga yo‘l topdi. Shunga qaramay u to‘p suradigan “Chanchung Yatai” klubi mag‘lub bo‘ldi.
26-turni “Shidziazuang Ever Brayt” maydonida o‘tkazgan “Chanchung Yatai” 2:3 hisobida yengildi, deb ma’lumot berdi “Olamsport”. Hisob mezbonlarning foydasiga 2:0 bo‘lib turganida, o‘zbekistonlik himoyachi uni qisqartirgan.
26-turdan keyin Anzur Ismoilov jamoadoshlari turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Xitoy Super Ligasi 26-tur bellashuvi 25-sentabr, yakshanba
“Shidziazuang Ever Brayt” — “Chanchung Yatai” 3:2
Gollar: Mao Dzianking, 15 (1:0). Mateus Nasimiyento, 42 (2:0). Anzur Ismoilov, 49 (2:1). Bruno Menegel, 61 (2:2). Mateus Nasimiyento, 70-pen (3:2).O‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradigan “Beydzing Goan” klubi ham 26-turda mag‘lub bo‘ldi. O‘z maydonida “Yanbian”ni qabul qilgan pekinlik futbolchilar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yegor Krimets bellashuvda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, hujumchi Igor Sergeyev 78-daqiqaga kelib maydonga chiqarildi. Qayd etish kerak, Krimetsga qarshi to‘p surgan “Sautgempton”ning sobiq futbolchisi Gratsiano Pelle o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.
26-turdan keyin Sergeyev va Krimets jamoasi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Xitoy Super Ligasi 26-tur bellashuvi 25-sentabr, yakshanba
Izoh (0)