O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Interfutbol” gazetasi bilan suxbatda bo‘lib, jurnalist tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi. “Championat.asia” uni o‘z sahifasiga joylashtirdi.
Jurnalistning Odil Ahmedovga o‘zini “Krasnodar”dan boshqa rus klubida qanday his qilishi mumkinligi borasidagi savoliga futbolchi shunday javob berdi: “Faoliyatimni ‘Anji’da boshlagandim. Endi esa ‘Krasnodar’daman. Umid qilamanki, bu Rossiyadagi so‘nggi klubim”.
Ahmedov o‘ziga Yevropa mamlakatlaridan ham takliflar bo‘lgani, biroq yakunda transfer amalga oshmagani borasida ham to‘xtalgan. Aynan qaysi klublardan taklif bo‘lganiga esa oydinlik kiritmagan.
Izoh (0)