Qatar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib Xorxe Fossati tayinlangani haqida xabar berilgandi. Fossati bunga qadar Qatarning “Ar-Rayyan” klubida faoliyat olib borgandi.
Milliy terma jamoani qabul qilib olishi bilan Fossati klubdagi faoliyatini to‘xtatdi. “Ar-Rayyan” esa uning o‘rniga daniyalik Mikael Laudrupni jamoaga olib keldi.
Mutaxassis uchun bu birinchi Qatar klubi emas. U bunga qadar “Lahviya”da ham faoliyat olib borgan. 1964-yilda tavallud topgan Laudrup Daniya terma jamoasi, “Xetafe”, “Malyorka”, “Spartak”, “Suonsi”dagi faoliyati orqali tanilgan.
Izoh (0)