KXDR hukumati mamlakatning shimoliy hududlarida 1945-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun choralar ko‘rmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bosh vazir Pak Bon Dyu Sunchonning yirik sement zavodida majlis o‘tkazib, unda tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Xamgyon-Pukto viloyati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga buyruq bergan.
Hukumat rahbari, shuningdek, suv toshqini hududidagi shahar va qishloqlar aholisiga insonparvarlik yordami, birinchi galda, oziq-ovqat va birinchi zarurat buyumlarini yetkazuvchi temiryo‘lni nazoratidan o‘tkazdi.
KXDRda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun aholini safarbar qilish davom etmoqda. Xamgyon-Puktoga boshqa hududlardan minglab quruvchilar yuborilgan.
Viloyatda elektr uzatish simlari, vayron bo‘lgan temiryo‘llar, ko‘priklar va yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi markazlar tashkil etilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)