Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Garet Beylning bo‘lajak rafiqasi Emma Ris-Jonsning oilasiga mafiya tahdid qilmoqda. Bu haqda, Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jinoyatchilar yaqinda Emmaning xolasiga tegishli mashinaga, bir necha kun muqaddam esa buvasi va buvisiga qarashli mashinaga o‘t qo‘ygan. Shuningdek, ular Emmaning boshqa xolasiga tegishli uy yonida joylashgan pochta qutisini yoqib yuborgan.
Oila a’zolaridan biri o‘g‘irlab ketgani iddao qilinayotgan pul to‘la jomadon ixtilofga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Shimoliy Uels politsiyasi 22 yoshli yigitga nisbatan ayblovlarni ilgari surdi, shuningdek, 54 yoshli ayolni qo‘lga oldi, lekin ularning sheriklari bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Xavfsizlik maqsadida politsiya xodimlari Gran-Kanariya orolidagi “Real” futbolchilari turgan mehmonxonani nazorat ostiga oldi. Bu yerda poytaxtliklar Ispaniya chempionatining oltinchi turi doirasida “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh (0)