Sharjada (BAA) taksi haydovchisi ichiga 1,7 million dirham (500 ming dollar atrofida) solingan, mashina ichida unutib qoldirilgan portfelni egasiga qaytarib berdi. Bu haqda, The National nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Pokistonlik kirakash Janubiy Koreyadan kelgan biznesmenni Sharja aeroportidan Dubayga olib kelib qo‘yganidan so‘ng mashinada uning portfeli qolib ketganini aniqladi. U darhol politsiyaga xabar berib, pullar vaqtida egasiga qaytarilishini ta’minladi.
Bu ishi uchun kirakash Sharja yo‘l va transport boshqarmasi minnatdorlik yorlig‘i hamda 3 ming dirham (800 dollar) pul mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotning uchdan birini pullar egasi, uchdan ikki qismini esa boshqarma taqdim etdi.
Izoh (0)