Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 saralash bosqichidagi raqibi Qatar amaldagi bosh murabbiy Xose Daniel Karrenoni iste’foga chiqardi.
“Championat.asia” nashri Qatarning Wikipedia’dagi sahifasiga asoslanib, ayni vaqtda bosh murabbiy sifatida “As-Sadd” ustozi Jezualdo Ferreyra ko‘rsatib qo‘yilganini ma’lum qildi. Mazkur mutaxassis o‘z vaqtida Portugaliyaning “Portu”, “Sporting” kabi klublarida faoliyat olib borgani bilan tanilgan.
Qatar terma jamoasi uchun JCh—2018 3-saralash bosqichi muvaffaqiyatsiz boshlangan bo‘lib, avvaliga Erondan 0:2, keyinroq esa O‘zbekistondan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat qabul qilib olingandi.
Navbatdagi ikki turda qatarliklar Janubiy Koreyada mehmon bo‘ladi va Suriyani Dohada qabul qiladi. Birinchi uchrashuv 6, ikkinchisi esa 11-oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)