Indoneziya sohillari yaqinida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yer silkinishi epimarkazi Ambon shahridan 395,6 kilometr janubi-sharqda, uning o‘chog‘i esa 130,7 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)