Moskvaning “Lokomotiv” klubida to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov jamoadoshi Vedran Chorluka hamda faxriy Dmitriy Sennikov bilan bolalar gemotologiya markaziga tashrif buyurdi.
“Lokomotiv” klubi matbuot xizmati bundan maqsad gemotologiya markazida davolanayotgan bolakaylarga quvonch ulashish ekanini ta’kidlagan.
“Bu yerga tashrif buyurganimdan xursandman. Bolalar juda faol. Ular barcha sport turi haqida bilishni, bu sport turlarida o‘z omadini sinab ko‘rishni istaydi. Qizlarning xokkey klyushkasida shaybaga zarba bermoqchi bo‘lishadi”, — deb tabassum bilan hikoya qildi Vitaliy Denisov.
“Bolalar sport bilan shug‘ullanishida ularga hech narsa to‘siq bo‘lmasligi kerak. Sport hayotni va yaxshi kayfiyatni kafolatlaydi. Bolalar bilan uchrashuvlar esa iliq hislarga sabab bo‘ladi”, — deb aytib o‘tdi Denisov.
Izoh (0)