Hindiston mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida chorak finalga yo‘llanma olgan jamoalar soni 5 taga yetdi.
Chorak final masalasini birinchi bo‘lib Yaponiya o‘smirlari hal qilgan bo‘lsa, keyinroq KXDR va O‘zbekiston ham guruh bosqichini muddatidan avval muvaffaqiyatli yakunlagandi.
“A” guruhida Eron va BAA termalari 7 tadan ochko jamg‘ardi. 3-turda Eron mezbon Hindiston o‘smirlarini yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, BAA Saudiyani 3:1 hisobida taslim qildi.
“A” guruhi
3-turHindiston — Eron 0:3Saudiya — BAA 1:3Shu tariqa chorak finalning birinchi juftligi aniq bo‘ldi. “B” guruhi peshqadamligini muddatidan avval hal qilgan Yaponiya, “A” zonasining ikkinchi jamoasi BAA bilan Jahon Chempionati chiptasi uchun kurash olib boradi.
22-sentabr kuni “B” va “C” guruhlarida ham 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)