21-sentabr kuni O‘zbekiston TIVda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muntazam ravishda o‘tkaziladigan siyosiy muloqot O‘zbekiston–Qozog‘iston hamkorligini faol rivojlanishiga imkon berishi ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan joriy yilning aprel va iyun oylarida Toshkent shahrida hamda sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarning yakunlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning ayrim amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)