O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha Osiyo Chempionatida 2-tur uchrashuvlariga to‘liq yakun yasaldi.
“D” guruhining birinchi turida Tailandni 5:3 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston termasi, 2-turda Yaman ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda KXDR Tailandni yirik hisobda mahf etdi — 4:1. Mazkur g‘alaba Shimoliy Koreya termasini to‘plar nisbatiga ko‘ra guruh peshqadamiga aylantirdi, shuningdek, 3-tur o‘yinlari boshlanmay turib KXDR va O‘zbekiston termalarini chorak final ishtirokchisiga aylantirdi.
Bunga qadar faqatgina Yaponiya o‘smirlar terma jamoasi 2-turdan keyin chorak final masalasini to‘la hal etib qo‘ygandi.
23-sentabr kuni Temur Olimxo‘jayev boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh peshqadamligi uchun KXDRga qarshi kurash olib boradi. Ehtimoliy durang natija koreyaliklarga 1-o‘rinni kafolatlaydi.
Chorak finalda O‘zbekiston joy olgan guruhning yo‘li “C” zonasi vakillari bilan kelishadi. 2-turdan keyin “C” guruhidagi holat bilan quyidagi rasm orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)