Qozog‘istonning Olmaota shahrida 29-sentabr — 2-oktabr kunlari golf bo‘yicha professional musobaqa — Kazakhstan Open—2016 turniri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston golf federatsiyasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, unda Roman Ten O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
European Challenge Tour’ning muhim bosqichi sanalgan mazkur musobaqa sovrin jamg‘armasi 450 ming yevroga teng.
Kazakhstan Open–2016 turnirida 25 mamlakatdan 130 nafar sportchi ishtirok etadi. G‘olib 72 ming yevro mukofot puliga ega bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)