Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston korxonalari 20-sentabr kuni Moskva shahrida ochilgan “Tekstilengilsanoat–2016” ko‘rgazmasi davomida Rossiyaga hamda boshqa chet el davlatlariga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha 200 million dollarlik shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda, “O‘zbekengilsanoat” AJ bayonotiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

“Tekstilengilsanoat–2016” 47-federal ulgurji mollar hamda tekstil va yengil sanoat asbob-uskunalari yarmarkasida O‘zbekistonning tekstil sohasida ishlovchi 90 dan ortiq yirik korxonasi qatnashmoqda. O‘zbekiston korxonalarining yagona milliy stendi ekspozitsiyasi 800 kvadrat metrni egallaydi. Unda mamlakatdagi tekstil sanoatining barcha yo‘nalishlari namoyish etiladi.

Yarmarkaning faol ishtirokchilari qatorida “Istiqlol Tekstil Dizayn” MChJ (IDEAL), Samarkand Euroasia Textile qo‘shma korxonasi, Sedat Triko Tashkent, Fortuna Tekstil MChJ va Grand Textile Production, Aisha Home Textile qo‘shma korxonasi, Medex MChJ va boshqalar bor.

Ta’kidlanishicha, tashrifchilar ayniqsa atlas, beqasam, banoras matolarga hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlarga katta qiziqish bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin