Bonnevildagi (AQSh) tuz ko‘lida bo‘lib o‘tadigan World of Speed tabdiri doirasida Volkswagen Beetle’ning maxsus tayyorlangan versiyasi 328,195 kilometr/soat tezlikka ko‘tarila oldi. Bu Germaniya avtomobilsozining mazkur modeli uchun mutlaq rekorddir, deb qayd qiladi Motor.
Tadbirda LSR — Land Speed Record nomli modifikatsiyadan foydalanildi. Uni THR Manufacturing kompaniyasi tayyorlab berdi. 2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan model yangi compressor, porshen va shatunlarga ega bo‘ldi. Shu va boshqa o‘zgarishlar hisobiga dvigatel quvvati 550 ot kuchiga yetdi.
Mashinani Automobile nashri muharriri Preston Lerner boshqardi.
Izoh (0)