AQSh Federal qidiruv byurosi San-Bernardinoda terakt uyushtirgan shaxsning iPhone 5c smartfoni himoyasini buzib bergan firmaga 1 million dollar to‘ladi. Ammo olimlar bu ishni 100 dollarga bajarish mumkinligini isbotladi, deb xabar beradi TJournal.
Kembrij universitetida ishlovchi tadqiqotchi Sergey Skorobogatov smartfon himoyasidan o‘tish uchun 100 dollarlik asbob-anjomlar va ehtiyot qismlar talab etilishini isbotlab berdi. Uning ta’kidlashicha, buning uchun maxsus firma yollash yoki Apple bilan sudlashish shart emas edi.
Olim flesh-xotira NAND’ini oynalashtirish yordamida bu ishning uddasidan chiqdi. U smartfonni ochib tashladi, NAND klonlarini yaratdi va brutfors — barcha parol variantlarini terib chiqish texnikasidan foydalandi.
Apple har bir 10 urinishdan so‘ng blokni ishga tushiradi va xotiradagi ma’lumotlarni o‘chiradi. Ammo NAND’ning klonlari blokni aylanib o‘tish imkonini berdi.
4 belgidan iborat parolni topishga 24 soat vaqt ketdi.
Izoh (0)