Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 5-turi “Chelsi” — “Liverpul” bellashuvi bilan start oldi.
Antonio Konte va Yurgen Klopp to‘qnashuviga qadar “Chelsi” ortda qolgan 4 ta turdan 10 ochko ishlagan bo‘lsa, “Liverpul” mag‘lubiyatlar ustuniga “Byornli”dan 1 sonini qo‘shib qo‘yishga ulgurgandi.
“Stemford Brij” arenasida kechgan tomonlarning o‘zaro o‘yinida mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Liverpulliklar birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 17-daqiqada Deyan Lovren hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Jordan Xenderson hisobdagi ustunlikni mustahkamladi. Diyego Kostaning 62-daqiqada urgan goli hisobni qisqartirish uchungina xizmat qildi.
Diyego Kosta “Liverpul” postini ishg‘ol qilish bilan mavsum boshidan buyon urgan gollari sonini 5 taga yetkazib oldi va u bu borada yaqqol peshqadamga aylandi.
Mazkur g‘alaba “Liverpul”ni 4-o‘ringa olib chiqdi. Uning kabi 10 ochkosi bor “Chelsi” uchinchi pog‘onaga sho‘ng‘idi.
Angliya Premyer-Ligasi 5-tur bellashuvlari 16-sentabr, juma
“Chelsi” — “Liverpul” 1:2
Gollar: Deyan Lovren, 17 (0:1). Jordan Xenderson, 36 (0:2). Diyego Kosta, 62 (1:2).5-tur uchrashuvlari 17—18-sentabr kunlari davom ettiriladi. Juftliklar bilan quyidagi havola orqali tanishish imkoniyati bor.
Izoh (0)