Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AdMe marhum aktyor, “Forsaj” kinofranshizasi yulduzi Pol Uoker bilan bog‘liq ta’sirli voqeani hikoya qilib berdi.

Kayl va Kristen. Foto: Facebook / Kyle Upham

Kayl va Kristen. Foto: Facebook / Kyle Upham

2004-yilda Kayl Apxem va uning o‘sha paytdagi qaylig‘i, hozirgi rafiqasi Kristen Santa-Barbaraning zargarlik do‘konlaridan birida brilliant ko‘zli uzuk qidirayotgan edi. Ulardan tashqari, do‘konda yana bir xaridor bor edi, lekin juftlik unga e’tibor qaratmadi.

Erkak Kayl va Kristenga qimmatroq buyumlarni ko‘rishni maslahat berdi, ammo juftlik bunga puli yetmasligini tan oldi. Suhbatdan so‘ng ular nihoyat Pol Uokerni tanidi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilgani va yaqinda ikkinchi marta Iroqqa ketishi haqida aytib berdi. Safardan oldin Kayl bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga uzuk sovg‘a qilishni istagan edi.

Kristenning eslashicha, Kaylning askarligini eshitgan Polning yuzi o‘zgardi. O‘sha kuni juftlik hech narsani tushunmay, do‘konni tark etdi. Yoshlar hech narsa sotib olmadi — brilliant ko‘zli uzuklar ularga qimmatlik qildi.

Pol Uoker. Foto: Warner Bros

Pol Uoker. Foto: Warner Bros

Ammo tez orada ular kutmagan ish bo‘ldi: do‘kon xodimi qo‘ng‘iroq qilib, ulardan 9 ming dollarlik uzukni olib ketishni so‘radi. Uzuk pulini noma’lum kishi to‘lagan edi. Yoshlar buni bilishga harakat qildi, ammo do‘kon xodimlari bu odam kim ekanligini oshkor etmadi.

Haqiqat 2013-yilda yuzaga chiqdi. Pol Uokerning o‘limidan so‘ng do‘kon xodimi Ayrin King buni sir tutishdan ortiq foyda yo‘qligini tushundi va barini aytib berdi.

Ayrinning so‘zlariga qaraganda, aktyor qiz uzuklardan birini juda yoqtirib qolganini payqadi. Shu bilan birga, Kayl bu uzukni sotib olib bera olmas edi — Pol buni ham ko‘rdi. Shunda aktyor uzukni o‘zi sotib olib, juftlikka bir necha kundan so‘ng taqdim etishni so‘radi. O‘z nomini Uoker sir saqladi. Uoker o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan harbiy keliniga uzuk sotib olib bera olmasligidan juda ranjib, bu adolatsizlikni bartaraf etishga qaror qildi.

O‘sha uzuk. Foto: Facebook / Kyle Upham

O‘sha uzuk. Foto: Facebook / Kyle Upham

Shu tariqa Kayl va Kristen Uoker ularga yaxshilik qilganini bilib oldi.

“Bu men olgan eng saxiy sovg‘a bo‘ldi. Biz bu uzukni va uning tarixini avloddan avlodga o‘tkazamiz”, — dedi Kristen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...