2016-yilning 16-sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
TIV rahbarlari shu kunning o‘zida Qirg‘iziston poytaxtida ochiladigan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.
Majlisda Sammit kun tartibi, imzolanish uchun taqdim etiladigan MDHning 25 yilligi munosabati bilan Hamdo‘stlik ishtirokchi davlat rahbarlarining bayonoti hamda tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)