Burkina-Faso, Suriya va Qatar terma jamoalari ustidan qozonilgan g‘alaba futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA reytingida 49-o‘ringa olib chiqdi.
Bu borada Samvel Babayan boshchilik qilayotgan jamoa Yaponiyadan ilgarilab ketdi. Qayd etish kerak, kunchiqar yurt terma jamoasi JCh—2018 3-saralash bosqichini BAAga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlagandi.
O‘zbekistonning natijasi Osiyo qit’asi termalari orasida to‘rtinchidir. Eron 37, Avstraliya 45, Janubiy Koreya esa 47-pog‘onadan joy olgan. O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘rin yuqorida borayotgan Janubiy Koreyadan 13 ochko kamrog‘ jamg‘argan.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 2006-yilda FIFA reytingida 45-o‘ringa qadar ko‘tarilgan bo‘lib, bu hozirga qadar eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.
Yangi reytingni Argentina terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikni Germaniya va Belgiya termalari yakunlagan bo‘lsa, o‘ntalikdan Kolumbiya, Braziliya, Chili, Portugaliya, Fransiya, Urugvay va Uels joy olgan.
Izoh (0)