Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 30 taga yetdi.
Festival start olganiga bir hafta bo‘lgan bir vaqtda O‘zbekiston hisobida 7 ta oltin medal bor. Bu umumjamoa hisobida 12-o‘rindan joy olish uchun yetarli bo‘lgan. Xuddi shuncha oltini bor bo‘lgan Italiya termasi kumushlar sonining ko‘proq ekani sabab bir pog‘ona yuqoridan joy olgan.
O‘zbekiston termasining 30 ta medalidan 6 tasi kumush, 17 tasi esa bronzadir.
Paralimpiadada kuchli uchlik o‘zgarishsiz qoldi. Medallar soni 172 ta bo‘lgan Xitoy 75 ta oltini bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Kuchli uchlikni Buyuk Britaniya va Ukraina sportchilari yakunlagan.
Izoh (0)