O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda, o‘qituvchilar uchun 6—9-sinf “O‘zbekiston tarixi” (xrestomatiya) o‘quv-metodik qo‘llanmalarini (4 ta kitob) nashrdan chiqardi. Bu haqda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazdan “Daryo”ga ma’lum qilishdi.
Akbar Zamonov boshchiligidagi mualliflar guruhi va tarix fanlar nomzodi, dotsent Zokirjon Saidboboyev mas’ul muharrirligida tayyorlangan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarix fani o‘qituvchilariga interfaol usullarda dars o‘tishini yanada rivojlantirish, pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etishda pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi, ilmiy salohiyati va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadlarini inobatga olgan.
“Tafakkur” nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalarda xrestomatiya qismi mavjud bo‘lib, unda tarixiy davrlardaga birlamchi manbalardan mavzuga doir hali muomalaga chiqmagan ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)