Ispaniyada mashinist yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdni yo‘l o‘rtasida, bekatga yetib bormay turib to‘xtatdi. Bunga uning ish kuni tugagani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, poyezd ichida 100 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lib, u Santander shahridan mahalliy vaqt bilan 19:00 da chiqqandi va 23:15 da Madridga yetib kelishi kerak edi. Shunga qaramay, soat 21:15 da mashinist poyezdni Osorno munitsipaliteti yaqinida qoldirib, uyiga ravona bo‘ldi. U o‘z xatti-harakatlarini ish vaqti tugagani bois poyezdni ortiq boshqara olmasligi bilan tushuntirdi.
Renfe temir yo‘l operatori mahalliy vaqt bilan soat 23:00 da ikkita bo‘sh avtobus topib, ularda yo‘lovchilarni tegishli manzillariga eltib qo‘ydi.
Operator bo‘lib o‘tgan voqea tufayli ichki tekshiruv boshlanganini bildirdi.
Izoh (0)