Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichini 7:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlab, mazkur musobaqa doirasidagi o‘zining eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi, deb yozdi UEFAning Twitter sahifasi.
Argentinalik hujumchi “Seltik” darvozasiga urilgan 7 ta goldan uchtasiga mualliflik qildi va Chempionlar Ligasidagi xet-triklari sonini 6 taga yetkazib oldi. Bu borada u yaqqol peshqadam bo‘lib, “Seltik” bilan o‘yinga qadar o‘zi bilan bir xilda ko‘rsatkich qayd etib turgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib ketdi.
Messi 2010-yil “Arsenal”, 2011-yil “Viktoriya Plzen”, 2012-yil “Bayer”, 2013-yil “Ayaks” hamda 2014-yil “APOEL” darvozasiga ham 3 tadan gol urgandi.
Qabul qilib olingan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin “Seltik” bosh murabbiyi Brendan Rojers hafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi:
“Biz dam olish uchun ‘Glazgo Reynjers’ ustidan fantastik g‘alabani qo‘lga kiritgandik. Bugun esa dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘yinda qiynaldik. Dembele penaltini gol ura olmaganidan keyin ishimiz yanada qiyinlashib ketdi. 0:7 dahshatli darajada qayg‘uli, biz yaxshigina saboq oldik”.
DMr3dM_OZ6w
Izoh (0)