AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, qochqindagi inson huquqlari himoyachisi Edvard Snouden Barak Obama AQSh prezidentligi kursisini bo‘shatguniga qadar uni afv etishidan umid qilmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Kitoblarda yozilgan qonunlar boshqa narsani nazarda tutadi, lekin afv etish shuning uchun o‘ylab topilgan bo‘lsa kerak. Istisno holatlari uchun. Qog‘ozda qonun buzilishi bo‘lib ko‘rinadigan, ammo etika va axloq nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, zarur bo‘lgan holatlar uchun”, — dedi u The Guardian’ga bergan intervyusida.
Snouden AQShda qidiruvga berilgan. U Vataniga qaytsa, 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)