AQShning Florida shtatida politsiyachilar uyining orqa hovlisida ovqatlanib o‘tirgan afroamerikalikni otib o‘ldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 9-sentabr kuni Pompano-Bich shahrida ro‘y berdi. 55 yoshli Gregori Frazyerning uyida oilaviy janjal kelib chiqqani haqidagi xabar bois politsiya naryadi u yerga yetib keldi. Voqea joyiga kelgan patrul politsiyasi xodimlari hovlida pichoq bilan qurollangan odamni ko‘rganidan so‘ng o‘t ochganini aytmoqda.
“O‘limga hukm qilingan bo‘lsangiz, oxirgi marta nima tanovul qilishni istashingizni so‘rashadi. Ammo Greg Frazyer bu uning oxirgi tushligi ekanligini bilmagan edi”, — dedi marhumning advokati Benjamin Kramp.
Frazyerni otib qo‘ygan ikki politsiyachi taftish yakuniga qadar ma’muriy ta’tilga chiqarildi.
Izoh (0)