Tojikiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Dushanbening Ozodi maydonida harbiy parad o‘tkazildi. Unda 16 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Parad kolonnalari o‘tishidan oldin ofitser va askarlarga prezident Emomali Rahmon murojaat etib, ularni mamlakat sarhadlarini, konstitutsion tizimini va respublikani himoya qilish ishiga sadoqatli bo‘lishga chaqirdi.
Paradni Dushanbe harbiy litseyi tarbiyalanuvchilari ochib berdi. Ulardan so‘ng maydondan qurolli kuchlar faxriylari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, mudofaa vazirligi ofitser va askarlari, IIV va boshqa kuch qurilmalari xodimlari o‘tdi.
Izoh (0)