Shu yilning 30-avgust – 4-sentabr kunlari Fransiyaning Makon shahrida yoshlar o‘rtasida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
“Sports.uz” nashrining ma’lum qilishicha, musobaqaning ilk kunida -50 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi, o‘smirlar o‘rtasidagi Nankin–2014 Olimpiadasi g‘olibi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Ilhom Bahromov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Erkin kurash bahslarining -55 kilogramm vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik G‘ulomjon Abdullayev esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)