2016-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston televideniyesi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qo‘shma majlisini 2016-yil 8-sentabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi masala kiritildi.
Izoh (0)