Meksikaning Michoakan shtatida o‘tkazilgan politsiya operatsiyasi davomida jinoyatchilar guruhi vertolyotni urib tushirdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat gubernatori Silvano Aureolesga tayanib, Frans Press ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Aureoles Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, vertolyot jinoiy guruhlar yetakchilarini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etayotgan edi. Uning urib tushirilishi oqibatida uch nafar politsiya xodimi va vertolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Izoh (0)