Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo va uning “Arsenal”dagi hamkasbi o‘rtasidagi sovuq munosabat davom etadi, deb Marca’dan iqtibos keltirdi “Championat.asia”.
Shveysariyaning Nyon shahrida UEFA elit murabbiylari uchun forum bo‘lib o‘tdi. “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo unga quvnoq kayfiyatda tashrif buyurdi. U jurnalistlar va hamkasblari bilan iliq munosabatda bo‘ldi.
Forumning yig‘ilishlar zaliga kirgan Joze Arsen Vengerning yonida bo‘sh joy bor ekanini ko‘rdi va uning tomon yurdi. Stulga yaqinlashganida esa Vengerdan “Buning iloji yo‘q”, — degan javobni eshitdi.
Izoh (0)