Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qurbon Hayiti bayrami boshlanishiga qadar Suriyada sulh kelishuviga erishilishidan umid qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hozir biz Aleppo masalasida Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Qurbon Hayiti bayramiga qadar o‘t ochish to‘xtatilishidan umid qilmoqdamiz”, — ma’lum qildi Erdo‘g‘on Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan G20 sammitidagi chiqishida.
Qurbon Hayiti 12-sentabr kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)