GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining Asakadagi zavodi avgust oyida o‘tkazilgan an’anaviy profilaktikadan so‘ng faoliyatini qaytadan boshladi. Bu haqda, korxona matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Rejali ishlar grafigida ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlandi, bugungi kundan (5-sentabrdan) Asaka avtozavodi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi”, — deyiladi xabarnomada.
Ayni paytda zavod odatiy rejimda ko‘zda tutilgan rejali parametrlarga muvofiq ishlamoqda.
Izoh (0)