Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi ustidan qurilgan yangi yo‘l o‘tkazgichdan olingan video e’lon qilindi.
Mazkur yo‘l o‘tkazgichning qurilishi 2016-yilning may oyida boshlangan edi. Ko‘prik avtomobillari harakati uchun 29-avgust, dushanba kuni ochildi.
Yo‘l o‘tkazgichining umumiy uzunligi qariyb 1 kilometrga teng. Yarim aylana shaklidagi radiusi 150 daraja bo‘lgan Muqimiy–Rustaveli yo‘l o‘tkazgichi o‘z konstruksiyasi bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi shunday sun’iy inshoot hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)