Toshkentda Nukus ko‘chasi va Kichik halqa yo‘lini bog‘lovchi Avliyoota ko‘chasini ochildi. Bu haqda o‘zbekistonlik haydovchilarning Facebook’dagi guruhlarida foto- va videoxabarlar qoldirilgan.
Avliyoota ko‘chasi Nukus ko‘chasidan Toshkent vokzaliga chiqish, Kichik halqa yo‘lidan esa Mirobod dehqon bozoriga borish imkonini beruvchi qisqa yo‘llardan biridir.
Avvalroq Oybek ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Toshkent vokzaliga olib chiquvchi bo‘lagi yopilib, uning o‘rnida aholi uchun ko‘kalamzorlashtirilgan dam olish hududi tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)