Yaponiyaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismiga yopirilgan “Layonrok” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Eng ko‘p halok bo‘lganlar Ivate prefekturasida qayd etildi — Ivaidzumi shahridagi qariyalar uyida 9 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.Joriy hafta boshida Xonsyu va Xokkaydo orollariga yopirilgan to‘fon daryolarning toshishiga hamda to‘g‘onlarning buzilishiga sabab bo‘ldi. Yuzlab uylar elektr tarmog‘isiz qolgan. Shuningdek, 100 dan ortiq reyslar bekor qilingan edi.
Qayd etish kerakki, Yaponiyaning janubi-sharqiy hududiga yangi tropik po‘rtana yaqinlashmoqda. Meteorologlarning prognoziga ko‘ra, tabiiy ofat Kyusyu oroli hududiga 5-sentabr, dushanba kuni ertalab yetib keladi.
Izoh (0)