Nigeriyaning “Boko Haram” jangarilaridan yaqinda ozod etilgan hududlarida poliomiyelitga qarshi shoshilinch vaksinatsiya boshlandi. Jami 25 million bolada emlash o‘tkazish mo‘ljallangan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Shifokorlar harbiy vertolyotlar, yo‘ltanlamaslar va velosipedlar yordamida qator tumanlar, jumladan, qochoqlar lagerlarini qamrab oldi. Bir hafta mobaynida 1,5 milliondan ortiq bola emlashga ulgurildi.
Ma’lumot uchun, End Polio Now poliomiyelitga qarshi kurash xalqaro harakatiga ko‘ra, o‘tgan oyda Nigeriyada ikki bolakayda kasallik alomatlari aniqlandi. Bu mamlakatda oxirgi ikki yil mobaynida poliomiyelit qayd etilgan yagona holatlardir.
Izoh (0)