Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda “Jahon” xabar bermoqda.
“Ukrain xalqi va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan samimiy hamdardligimni bildiraman”, — dedi Poroshenko.
U Islom Karimov atoqli siyosiy arbob, qayta tug‘ilgan O‘zbekistonning yorqin yetakchisi va Ukrainaning sadoqatli do‘sti bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
“Dardingizni bo‘lishaman va o‘zbek xalqi bilan birga qayg‘udaman. Bu insonning yorug‘ xotirasi oldida bosh egaman. Marhumning yaqinlari va do‘stlariga chuqur hamdardliklarimni yetkazishni so‘rayman”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)