Ukraina vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlari ishlari bo‘yicha vaziri Vadim Chernish “Zerkalo nedeli” nashriga bergan intervyusida hukumat “Donbassda tinchlikni tiklash” dasturini muvofiqlashtirib boruvchi kengash tuzishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Kengash barcha sa’y-harakatlarni, aql bovar qilmas sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borishi lozim, chunki juda katta pul ajratilyapti. Rostini aytganda, Yevroittifoq, BMT va Jahon bankining qo‘shma hisobotiga ko‘ra, dasturni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy ehtiyojlarning taxminiy hajmi 1,52 milliard dollarni tashkil etadi”, — dedi u.
Izoh (0)