Turkiyada Fathulloh Gulen tarafdorlariga tegishli 2,5 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyekti davlat ixtiyoriga o‘tdi. Bu haqda 1-sentabr, payshanba kuni ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet Ozxaseki ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“2 514 ta ko‘chmas mulk obyekti g‘aznaga o‘tkazildi. Jamg‘armalar bosh boshqarmasiga 2 083 ta obyekt topshirilgan. Ushbu mulklarning qiymati juda katta. G‘aznaga 8,3 milliard lira (2,7 milliard dollar), jamg‘armalarga 2,7 milliard liraga (900 ming dollar) teng ko‘chmas mulk o‘tdi”, — dedi u.
Vazir tashkilotga bog‘liq yana 1,5 mingga yaqin obyekt mavjudligi va ular ham davlat ixtiyoriga o‘tishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu mulklarning umumiy qiymati 12 milliard lirani (4 milliard dollar) tashkil etadi.
Izoh (0)