Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar fotosho‘basi a’zolarining O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar fotosho‘basi 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yetakchi fotosan’at ustalari va yosh ijodkorlarni birlashtiradi. Ular san’atshunoslar hamjamiyati tomonidan tan olingan, ko‘plari nufuzli sovrinlar bilan taqdirlangan, xalqaro biyennale, tanlov va ko‘rgazmalar g‘oliblaridir.
Ko‘rgazmada yigirma nafar mohir ijodkorning ikki yuzga yaqin fotoasari namoyish etilmoqda. Ularda mustaqillik yillarida mamlakatda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, barkamol avlod kelajagi yo‘lidagi cheksiz g‘amxo‘rlik, ibratli an’ana va qadriyatlarning qayta ko‘z ochgani, fayzli va obod mahallalar manzaralari aks ettirilgan.
Izoh (0)