O‘zbekiston va Suriya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytargan mutaxassis Samvel Babayan, shogirdlarining hammasi vatanparvar ekanligiga oydinlik kiritdi.
Jurnalistning madhiya aytish borasida ish olib borildimi degan savoliga O‘zbekiston termasining ustozi quyidagicha javob qaytardi:
“Bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Terma jamoadagi barcha futbolchilar vatanparvar hisoblanishadi. Ularning hammasi madhiyani to‘liq biladi. Bunga zarracha shubha yo‘q”.
So‘zining yakunida Babayan 25 yillik bayram kunida g‘alaba kerakligini tushuntirdi: — “Ertaga mustaqillikning 25 yilligi nishonlanayotgan kunda xalqimizga g‘alaba tortiq etishni istaymiz. Barcha-barcha bizni qo‘llab turishini xohlardim”.
Izoh (0)