Rossiya sinxron suzish federatsiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksey Vlasenko RF prezidenti sovg‘a qilgan mashinani sotishga qaror qilgan sportchi qizga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Vlasenko qizga mashinani sotmaslikni tavsiya etdi.
“Yosh qiz, yaxshi ta’minlangan oiladan emas, u mashinadan olinadigan pul evaziga turar-joy masalasini hal qilmoqchi edi. Federatsiya, albatta, unga yordam beradi, mashinani esa sotish kerak emas”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rio–2016 g‘olibasi prezident tomonidan sovg‘a qilingan BMW X6 mashinasini sotuvga qo‘ygan edi.
Izoh (0)